Uzum Market ofis menejeri
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Biz kimni izlayapmiz:
Biz ofisning qulay ishlashini ta’minlaydigan va xodimlarga boshqaruv masalalarini hal qilishda yordam beradigan muloqotchan va mas’uliyatli ofis menejerini izlayapmiz. Kundalik ofis jarayonlarini tashkil etish, mehmonlarni kutib olish, kommunikatsiyalar va xonalarni band qilishda tartibni saqlash kerak bo‘ladi.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Mehmonlar, konsultantlar va ofisga tashrif buyuruvchilarni kutib olish, ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va kerakli xodimlarga yo‘naltirish.
- Kiruvchi va chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va tarqatish.
- Muzokara xonalarini band qilishni tashkil etish va uchrashuvlar jadvalini muvofiqlashtirish.
- Muzokara xonalari kalendarini yuritish va bron ma’lumotlarining dolzarbligini nazorat qilish.
- Ichki treninglar va uchrashuvlarni tashkil etishni muvofiqlashtirish.
- Joriy ma’muriy masalalar bo‘yicha xodimlar bilan hamkorlik qilish.
- Bevosita rahbarning topshiriqlarini bajarish.
- Ofisda qulay va tartibli muhitni ta’minlash.
Biz uchun muhim:
- Rus va o‘zbek tillarida erkin muloqot qila olish.
- Google Workspace, xususan, Google Sheets va Google Calendar’dan ishonchli foydalana olish.
- Ishbilarmonlik muloqoti va elektron pochta bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
- Ish vaqtini to‘g‘ri tashkil etish va ustuvor vazifalarni belgilay olish.
- Tafsilotlarga e’tiborli, mas’uliyatli va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaradigan bo‘lish.
- Odamlar bilan tez til topisha olish va tashrif buyuruvchilar bilan xushmuomala muloqot qilish.
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishga va joriy masalalarni tezkor hal qilishga tayyor bo‘lish.
- Ofisda to‘liq bandlik asosida ishlashga tayyor bo‘lish.
Afzallik bo‘ladi:
- Ofis menejeri, administrator, kotib yoki administrativ qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis sifatida ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Uchrashuvlar, tadbirlar yoki ichki treninglarni tashkil etish tajribasi.
- Ishbilarmonlik yozishmalari va hujjat aylanishi bilan ishlash ko‘nikmalari.
Biz nimani taklif qilamiz:
Toshkent markazida shinam ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.