Uzum People

Uzum logotipi
  • Mahsulot va loyiha boshqaruvi
  • Uzum Market

Senior Product Manager (Sotuvchilar uchun moliyaviy xizmatlar

Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab

Biz sotuvchilarimiz uchun barcha moliyaviy xizmatlarga mas’ul bo‘ladigan Product Manager’ni izlayapmiz. Hozirgi loyihalardan biri — sotuvchilar uchun bonus hisobini rivojlantirish. Siz to‘liq domenni boshqarishni o‘z zimmangizga olishingiz, biznes ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishingiz va hamkorlarimizni mamnun qiladigan mahsulot yaratishingiz kerak bo‘ladi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

- Moliyaviy hisobot bilan ishlashning joriy jarayonlarini tahlil qilish, o‘sish nuqtalarini aniqlash va asosiy bosqichlarni avtomatlashtirish
- Yo‘nalish iqtisodiyotini boshqarish: yo‘nalishning P&L ko‘rsatkichlari uchun javob berish (asosiy e’tibor — Take Rate ko‘rsatkichiga).
- Kross-funksional jamoalar: moliya, yuridik bo‘lim, support, BI, buxgalteriya, dizayn va ishlab chiqish jamoalari bilan hamkorlik qilish.
- Mahsulot tahlilini yo‘lga qo‘yish: muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarini belgilash (masalan, hamkorlarning NPS ko‘rsatkichi).
- Hamkorlar bilan customer development o‘tkazish: intervyular, UX-testlash va pilot loyihalar.
- Hamkorlar sodiqligini oshirish: platformaning moliyaviy xizmatlari bilan ishlashining barcha bosqichlarida sotuvchilar uchun maksimal qulaylikni ta’minlash.

Biz uchun muhim:

- Moliya sohasidagi mahsulot yo‘nalishlarini boshqarishning to‘liq sikli bo‘yicha tasdiqlangan kamida 6 yillik tajriba.
- Fintech bozori, e-commerce yoki B2B-platformalar va marketplace’lar bilan ishlash xususiyatlarini tushunish.
- Har qanday darajadagi xodimlar bilan til topishish va samarali muloqot qilish ko‘nikmasi. Mahsulot manfaatlarini himoya qilish, ishonchli munosabatlarni saqlash, obro‘ga putur yetkazmaslik va doimo biznes natijasiga erishish qobiliyati.
- Strategiya va keyingi qadamlarni barcha manfaatdor tomonlar bilan ochiq va asosli ravishda kelishish.

Nima uchun bu qiziq:

Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi

Biz nimalarni taklif qilamiz:


Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000