Middle+ Product Manager (Ekspansiya va masshtablashtirish)
Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab
Biz kichik shaharlarda tarmoqni kengaytirish uchun mahsulotni rivojlantirishni o‘z zimmasiga oladigan mustaqil Product Manager’ni izlayapmiz. Siz franshizani ishga tushirish jarayonlarini avtomatlashtirish va biznes formatini yangi bozorlarga moslashtirish bilan shug‘ullanasiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Taklif formatini qayta ishlab chiqish: mavjud mahsulotni kichik shaharlar xususiyatlariga moslashtirish va o‘zining barqaror unit-iqtisodiyotiga ega franshiza formatini yaratish.
- Ochilish jarayonlarini avtomatlashtirish: ishga tushirishning barcha bosqichlarini (ariza topshirishdan tortib, birinchi ish kunigacha) mahsulot doirasida raqamlashtirish. Bu jamoaga qo‘lda bajariladigan ishlar hajmini oshirmasdan oyiga 180 tagacha yangi nuqta ochish imkonini berishi kerak.
- Ishga tushirish aniqligini oshirish: tushumni prognozlash va joylashuvlarni baholash uchun mahsulot vositalarini joriy etish orqali rad etishlar ulushini kamaytirish. Landing page’ni rivojlantirish, nomzodlar anketalarini avtomatik baholash va CRM ichida navbatni ustuvorlik bo‘yicha saralash tizimini joriy etish, yangi nuqta ochish uchun bo‘lib to‘lash vositasini ishga tushirish, amaldagi franchayzilarning takroriy nuqtalar ochishini rag‘batlantiruvchi mahsulot mexanizmlarini yaratish.
- Dinamik shartlar: joylashuv va bino turiga qarab hamkorlar uchun shartlarni o‘zgartirish mexanizmini ishlab chiqish.
Biz uchun muhim:
- Chuqur Discovery va gipotezalarni validatsiya qilish. Biz uchun ishlab chiqish resurslarini behuda sarflamaslik juda muhim. Nomzodlar va hamkorlar bilan sifatli chuqur intervyular o‘tkazish ko‘nikmasi alohida ahamiyatga ega.
- Unit-iqtisodiyot va moliyaviy modellashtirishni mukammal bilish. Turli formatlardagi nuqtalarning P&L ko‘rsatkichi nimalardan shakllanishini tushunish, o‘zini oqlash muddatlarini hisoblash va sezgirlik tahlilini o‘tkazish, shu orqali biznes modelining hayotiyligini oldindan baholay olish.
- Mahsulot tahlilini mustaqil olib borish. Tahlilchilar yordamisiz SQL so‘rovini yozish yoki BI tizimida kerakli dashboard’ni yaratish, arizalar voronkasidagi muammoli nuqtalarni aniqlash va eksperimentlar natijalarini to‘g‘ri baholash ko‘nikmasi.
- Geoma’lumotlar bilan ishlash tajribasi. Joylashuvlar bo‘yicha qarorlar sezgi asosida emas, ma’lumotlarga asoslanib qabul qilinishi biz uchun muhim. Joylashuvlar salohiyatini baholash, shaharlarni ustuvorlik bo‘yicha saralash va tushumni prognozlash modellari bilan ishlash tajribasi qo‘shimcha ustunlik beradi.
- Jarayonlarni tizimli loyihalash. Ko‘plab oflayn jarayonlarni avtomatlashtirish kerak bo‘ladi, shu sababli murakkab va tartibsiz jarayonlarni aniq algoritmlarga aylantira olish muhim: jarayonlarni boshidan oxirigacha kuzatish vositalarini loyihalash, hujjat aylanishini avtomatlashtirish va tashqi tizimlar bilan integratsiyalarni sozlash.
- Kuchli Product Delivery. Backlog’dagi vazifalarni qat’iy ustuvorlashtirish, dizayner bilan hamkorlikda ishlash, biznes talablarini ishlab chiqish jamoasi uchun tushunarli shaklda ifodalash va qiymatning o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish ko‘nikmasi.
Nima uchun bu qiziq:
- Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan. - Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
- Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
- Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
- Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
- Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.