Uzum People

Uzum logotipi
  • Mahsulot va loyiha boshqaruvi
  • Uzum Market

Senior В2В/В2В2С Product Manager Uzum Global

Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab

Biz Uzum Global jamoasiga marketpleysning transchegaraviy savdo yo‘nalishini rivojlantirish uchun Senior Product Manager izlayapmiz. Lavozimning asosiy vazifasi — xorijiy sotuvchilarning O‘zbekiston bozoriga chiqishi va platformada to‘laqonli faoliyat yuritishiga imkon beradigan mahsulotlar hamda vositalarni yaratish.

Hozirda biz transchegaraviy savdo yo‘nalishining MVP versiyasini ishga tushiryapmiz. Shu sababli ko‘plab jarayonlar va mahsulotga oid yechimlarni deyarli noldan ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Siz mahsulotning sotuvchilarga mo‘ljallangan qismi uchun javobgar bo‘lasiz: MVP tarkibini mustaqil belgilash, murakkab biznes-jarayonlarni o‘rganish, boshqa jamoalar va tashqi hamkorlar bilan integratsiyalarni ishlab chiqish hamda yechimlarni ishga tushirish muhim ahamiyatga ega.

Bu yuqori darajadagi mustaqillik va natija uchun mas’uliyatni talab qiladigan lavozim: mahsulot strategiyasi va roadmap’ni shakllantirishdan tortib, ishlab chiqish jarayonini boshqarish va ishga tushirilgan yechimlarning biznesga ta’sirini baholashgacha.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz

- Uzum Global’ning B2B yo‘nalishida transchegaraviy savdo mahsulotlari strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish, roadmap hamda rivojlanish ustuvorliklarini belgilash.
- Xorijiy sotuvchilar uchun Seller Experience’ni rivojlantirish: ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot yaratish va boshqarish, shaxsiy kabinetdan foydalanish hamda platforma bilan o‘zaro ishlash ssenariylarini ishlab chiqish.
- Transchegaraviy savdo yo‘nalishi MVP’ning sotuvchilarga mo‘ljallangan qismini ishlab chiqish va ishga tushirish uchun javob berish: zarur funksionallikni belgilash, murakkab jarayonlarni tarkibiy qismlarga ajratish, birinchi versiyaga kiritiladigan asosiy imkoniyatlarni keyingi takomillashtirishlardan ajratish.
- Sotuvchining shaxsiy kabinetidagi valyuta konvertatsiyasi mexanizmini rivojlantirish: xorijiy sotuvchilar uchun mahsulot narxlarining to‘g‘ri aks ettirilishi va bojxona to‘lovlarining hisoblanishini ta’minlash.
- Product discovery jarayonini olib borish, sotuvchilar va hamkorlarning ehtiyojlarini tahlil qilish, muammolarni aniqlash va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini topish.
- Ishlab chiqishning to‘liq siklini boshqarish: g‘oya va talablarni ishlab chiqishdan tortib, mahsulotni ishga tushirish, natijalarni tahlil qilish va uni keyinchalik rivojlantirishgacha.
- Kross-funksional jamoalar va tashqi hamkorlar faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zaro bog‘liq vazifalar, muddatlar va manfaatdor tomonlarning kutgan natijalarini boshqarish.

Biz uchun muhim

- Sotuvchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar sohasida kamida 4 yillik Product Manager tajribasi.
- Sotuvchilar, marketpleyslar uchun mahsulotlar va murakkab integratsion yechimlarni rivojlantirish tajribasi. Cross Border yo‘nalishidagi tajriba qo‘shimcha ustunlik beradi.
- Mahsulot strategiyasi va roadmap’ni mustaqil shakllantirish, discovery’dan delivery’gacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqish siklini boshqarish ko‘nikmasi.
- Ko‘plab o‘zaro bog‘liq vazifalarga ega murakkab loyihalarni boshqarish, tashqi jamoalar va hamkorlar bilan ishlash tajribasi.
- Murakkab biznes-jarayonlarni alohida mahsulot komponentlariga ajratish, ustuvorliklarni belgilash va MVP uchun zarur funksionallikni tanlash ko‘nikmasi.

Nima uchun bu qiziq:

- Arxitektura va mahsulot yechimlariga ta’sir ko‘rsatish uchun keng mas’uliyat va imkoniyat beramiz. Bundan tashqari, tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishdan xursandmiz.
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan.
- Jamoa bilan birga o‘lchab bo‘ladigan maqsadlarni belgilaymiz va ularni shunchaki "xo‘jako‘rsinga" bajarmaymiz, balki ishimizning samaradorligi va biznesga bo‘lgan umumiy ta’sirini o‘lchaymiz.
- Chuqur ekspertiza va muhandislik tafakkuri qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Jamoalar ijrochi emas, balki hamkor sifatida bir-birini tinglaydi va eshitadi

Biz nimalarni taklif qilamiz:

- Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Moskva va Toshkentdagi qulay ofis;
- Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
- Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
- Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
- Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000