Uzum People

Uzum logotipi
  • Dasturlash
  • Uzum Avto

Lead QA Engineer (Mobile)

Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Avto — avtomobillarni xarid qilish va sotish, shuningdek kreditni onlayn tasdiqlash imkonini beruvchi servis. O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq hamkor-dilerlar mavjud.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Testlash jamoasini boshqarish (3 kishidan boshlab): vazifalarni taqsimlash, yuklamani nazorat qilish, xodimlarni rivojlantirish va mentorlik qilish;

  • Testlash jamoasiga yangi xodimlarni yollash va onbording jarayonida ishtirok etish;

  • Mobil ilovalar (iOS/Android) va Web uchun testlash jarayonini tashkil qilish va rivojlantirish;

  • Sinov strategiyasini ishlab chiqish: yondashuvlarni, qamrov ustuvorliklarini belgilash va jamoa ichida mas’uliyat sohalarini taqsimlash;

  • Xatolarni kuzatish jarayonini boshqarish: aniqlash, ustuvorlik berish va tuzatish muddatlarini nazorat qilish;

  • Test hujjatlari va standartlarini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash va optimallashtirish: test-keyslar, cheklistlar, bug-reportlar va jamoa uchun gaydlaynlar;

  • Rejalashtirish va mahsulot ishlab chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok etish: jamoaga vazifalar qo‘yish, yangi fichalarni Product va Development jamoalari bilan muhokama qilish, tuzatishlarni nazorat qilish;

  • Mahsulot sifati holati bo‘yicha steykxolderlar — Product, Development va Management bilan kommunikatsiya qilish;

  • Tashqi servislar va SDK’lar bilan integratsiyalarni testlash jarayonini nazorat qilish (analitika, push-notification’lar va boshqalar).

Biz uchun nimalar muhim:

  • 3 kishidan iborat yoki undan katta testlash jamoasini boshqarish tajribasi;

  • Ko‘p vazifali muhitda jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va ustuvorliklarni boshqarish ko‘nikmasi;

  • Test hujjatlari standartlarini yaratish va joriy etish tajribasi: test-keyslar, cheklistlar, bug-reportlar;

  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish hayotiy sikli va Agile metodologiyalarini bilish;

  • Mobil ilovalar (iOS va/yoki Android) va Web’ni testlash xususiyatlarini tushunish hamda ushbu yo‘nalishda 5 yildan ortiq tajriba;

  • Postman yoki API testlash uchun boshqa vositalar bilan ishonchli ishlash tajribasi;

  • CI/CD bilan ishlash tajribasi, GitLab CI afzal;

  • Konsolda ishonchli ishlash ko‘nikmasi.

Ustunlik bo‘ladi:

  • Mobil analitikani (Google Analytics, Firebase) testlash tajribasi;

  • Push-bildirishnomalarni sinovdan o‘tkazish tajribasi;

  • Monitoring vositalari (Grafana) va GraphQL bilan ishlash tajribasi;

  • Testlarni avtomatlashtirish jarayonini yo‘lga qo‘yish (bizda Python) yoki jamoada ushbu jarayonni boshqarish tajribasi.

Nima taklif qilamiz:

  • Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli texnik jamoa. Jamoamizda yetakchi IT-kompaniyalarda tajriba orttirgan mutaxassislar ishlaydi;

  • Kuchli mahsulot madaniyati. Qarorlarni tadqiqotlar va metrikalarga asoslab qabul qilamiz, natijaga e’tibor qaratamiz;

  • Harakat erkinligi va biznes rivojiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;

  • Tanlovingizga ko‘ra gibrid yoki masofaviy ish formati — biz uchun eng muhimi natija;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Ta’tilga qo‘shimcha haq to‘lanadigan 3 kun;

  • Biz IT Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;

  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000