Anti-Fraud jamoasiga stajyor — Uzum Bank
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum Bank’ning Anti-Fraud jamoasiga bank firibgarligi bilan bog‘liq holatlar ustida ishlash va shubhali bank operatsiyalariga tezkor javob qaytarish uchun stajyorlarni izlayapmiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Bank firibgarligi bilan bog‘liq holatlarni ko‘rib chiqish va monitoring qilish jarayonlarida ishtirok etish;
Kelib tushayotgan murojaatlar va shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarga tezkor javob qaytarish;
Bank tranzaksiyalari va firibgarlik holatlarining yuzaga kelish sharoitlariga oid dastlabki ma’lumotlarni tahlil qilish;
Tekshiruv natijalarini qayd etish va zarur hisobotlarni yuritish;
Belgilangan yo‘riqnomalar va javob qaytarish tartib-qoidalariga muvofiq ishlash.
Biz uchun muhim:
O‘zbek va rus tillarini bilish shart;
Bank jarayonlari va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish tamoyillari haqida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘lish;
Bank sohasi va firibgarlikka qarshi kurashish yo‘nalishiga qiziqish;
Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish, mas’uliyatlilik va axborot bilan ishlash ko‘nikmasi;
Muntazam operatsion vazifalarni bajarishga tayyorlik.
Biz nimani taklif qilamiz:
6 oy muddatga mo‘ljallangan haq to‘lanadigan stajirovka;
Uzum Bank’da rasmiy ishga qabul qilish;
To‘liq bandlik, smenali ish jadvali;
Stajirovka natijalariga ko‘ra Anti-Fraud jamoasida doimiy lavozimga nomzodingizni ko‘rib chiqish imkoniyati.